[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

27.08.2026. Mehnat qadrlangan yurtda inson qadri ham yuksaladi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ko‘p yillardan beri samarali mehnat qilib kelayotgan va jamoatchilik ishlarida faollik ko‘rsatgan bir guruh soha vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.

Mustaqillik uni mustahkamlash, mamlakatni rivojlantirish, istiqbolni kengaytirish, farovonlik va baxtga erishishga intilayotgan insonlar hayotida aks etmoqda. Shuning uchun biz mustaqillik qo‘lga kiritilgan sanani alohida tantana bilan nishonlaymiz. Va har bir inson bu jarayonga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga intiladi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida ham bir guruh faol va tashabbuskor yurtdoshlarimiz taqdirlandilar. Yurtimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami bo‘lgan Mustaqillik kuni arafasida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdilar.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Rafiqov o‘z so‘zida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, uchinchi Renessansni qurish yo‘lida rivojlanish uchun yangi ufqlarni ochayotgan yangilanishlar ko‘lamini, O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichida dadil odimlayotganini alohida ta’kidladi. Bu xalqning ijodiy salohiyati, fan va ta’limdagi yutuqlar, zamonaviy texnologiyalar, madaniyat va ma’naviy qadriyatlarni birlashtirgan davr ekanligi qayd etildi. Bularning barchasi nafaqat e’tirof etilmoqda, balki butun dunyoda yuqori baholanmoqda, davom etayotgan o‘zgarishlarning sur’ati va ko‘lamiga dunyo qoyil qolmoqda. Bugun biz ushbu o‘zgarishlarning guvohi bo‘lgan holda, ularning tarixiy qiymatini chuqur qadrlaymiz. Bu faxr va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Tadbirda yillar davomida o‘z mehnati, tashabbuskorligi, fidoyiligi va jamoatchilik ishlaridagi faol ishtiroki bilan kasaba uyushmalari harakati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir gurux soha vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Taqdirlanganlar uchun bu nishon — nafaqat yuksak e’tirof, balki kelgusidagi faoliyatga yanada katta mas’uliyat va yangi marralar sari chorlovdir. Zero, yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida qilingan har bir ezgu mehnat munosib qadrlanishi bilan ahamiyatlidir.

Har bir mukofot ortida esa professional yo‘l, kasbiy mahorat, tashabbuskorlik va chuqur mas’uliyat hissi, o‘z Ona yurtiga muhabbat mujassam.

Bu buyuk mamlakat rivoji va ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan insonlarning mehnatini e’tirof etishdir. Ular yangi tashabbuslar, yangi yutuqlar va undan ham ko‘proq fidoiylik manbaiga aylanadi. Bu eng aziz bayram nafaqat yutuqlar solnomasi, balki hayotimizning yanada yorqinroq, jonliroq va baxtliroq bo‘lib borayotganining aksidir.