[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

11.09.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida viloyat Kengashi raisi S.Rafikov ishtirokida Samarqand shahridagi 45-son umumta’lim maktabida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda viloyat Kengashi rahbariyati va xodimlari, 45-son umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kasaba uyushmalarining bu boradagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvning asosiy qismi ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya, kasbiy rivojlanish va bandlik masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi. Viloyat Kengashi raisi tomonidan barcha savollarga atroflicha javoblar berilib, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbirda yoshlarning tashabbuskorligi, jamiyat hayotidagi faolligi va kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shuningdek, kasaba uyushmalari tizimida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir rahbar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qiladigan muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida maktabda faoliyat olib borayotgan bir qator o‘qituvchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan sayohatlarda ishtirok etishi uchun sertifikatlar hamda faol o‘quvchilarga kitoblar topshirildi.