[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

23.09.2026. O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Andijon viloyatida tarmoq kasaba uyushmasining tuman va shahar kengashlari raislari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda jamoa shartnomasi bo‘yicha har bir xodim uchun ijtimoiy xarajatlar ko‘rsatkichini hisoblash metodologiyasi batafsil o‘rganildi va raislarga amaliy tushuntirishlar berildi.

Seminardan so‘ng tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mutaxassislari viloyat tumanlariga chiqib, tarmoq tizimidagi byudjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va boshqa korxonalardagi Jamoa shartnomalari ijrosini o‘rgandilar.

Seminarning yakuni qismida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati