24.09.2026. 2026 yilning 23 sentyabr’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi, O‘zLiDeP viloyat Kengashi, O‘zbekiston Fermerlar Kengashi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat Kengashi hamkorligida “Ishbilarmon ayol — 2026” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
“Ishbilarmon ayol — 2026” ko‘rik-tanlovining mahalla va tuman-shahar bosqichlarida jami 115 nafar tadbirkor va 394 nafarga yaqin ishtirokchi qamrab olindi. Saralab olingan 11 nafar faol tadbirkor xotin-qiz viloyat bosqichida ishtirok etib, o‘z biznes loyihalari, faoliyati hamda tayyorlagan mahsulotlarini namoyish etdi.
Tanlovning viloyat bosqichida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi mutasaddilari hamda hamkor tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarning tadbirkorlikdagi tajribasi, mahsulotlari va loyihalari namoyishi tanlovning mazmun-mohiyatini yanada boyitdi.
Tadbir yakunida tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi tomonidan munosib taqdirlandi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский