[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

05.10.2026. Farg‘ona viloyatida Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Xotin-qizlar kengashining sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “Ayollar va ijtimoiy faollik” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir tarmoqda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mehnat jamoalarida munosib ish sharoitlarini yaratish masalalariga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda tarmoq kasaba uyushmasi hududiy bo‘linmalari rahbarlari, Xotin-qizlar kengashi raislari hamda Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi apparati mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Xotin-qizlar kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ayniqsa, mehnat jamoalarida xotin-qizlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash, kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarish va jamoat hayotidagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi tizimida 54 ming nafardan ortiq xotin-qiz mehnat qilmoqda. Ular transport sohasi, yo‘l xo‘jaligi, kapital qurilish, ta’lim muassasalari va tarmoqning boshqa yo‘nalishlarida samarali faoliyat yuritib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Aytish joizki, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu jarayonda kasaba uyushmalari ham o‘zining jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklik orqali faol ishtirok etmoqda. Xususan, mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi, xotin-qizlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlarning ta’minlanishi, ish joylarida munosib mehnat sharoitlari yaratilishi masalalari doimiy e’tiborda.

Tarmoq jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalari ana shu vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxona va tashkilotlarda jamoa shartnomalarida belgilangan majburiyatlarning bajarilishi, xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlari ta’minlanishi yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borilmoqda.

Sayyor yig‘ilishda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi. Ahamiyatli jihati, mehnat jamoalarida o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasaba uyushmasi faoliyatiga keng jalb etish muhim vazifalardan sanaladi.

Xotin-qizlar kengashlari faoliyatini yanada kuchaytirish, xodimlarning murojaat va takliflarini o‘rganish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy masalalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbirda, shuningdek, mehnat jamoalarida xotin-qizlar bilan ishlashning samarali usullarini ommalashtirish, ularning kasbiy o‘sishi va jamoat ishlaridagi ishtirokini rag‘batlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va keng tatbiq etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek tadbir doirasida Farg‘ona viloyatining diqqatga sazovor maskanlari “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasi, Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasi, hunarmandlar yurti Rishtonga bo‘lgan sayohat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi