13.10.2026. Termizdagi “Muhandislar” sport klubida hamshira bo‘lib ishlagan M.Sattarova bilan muddatli mehnat shartnomasi tugaganda, ish beruvchi shartnomani bekor qildi. Ammo bunda jiddiy xato yo‘l qo‘yilgan edi: qonunga ko‘ra, shartnoma bekor qilinishidan kamida uch kun oldin xodim yozma ravishda ogohlantirilishi kerak edi — bu talab bajarilmagan.
Eng muhimi — shartnoma bekor qilingan paytda M.Sattarova homilador bo‘lgan. Qonunga ko‘ra, bunday holatda ish beruvchi ayolning arizasiga asosan shartnomani homiladorlik tugagunicha uzaytirishi shart. Bu talab ham bajarilmagan.
M.Sattarova O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashiga murojaat qildi. Mehnat huquq inspektori Z.Xolov ishni o‘rganib, huquqbuzarlikni aniqladi.
Birinchi instansiya sudi da’voni rad etgan bo‘lsa-da, apellyasiya tartibida qaror bekor qilindi. Natijada M.Sattarova ishiga tiklandi, unga majburiy bekor yurgan vaqti uchun 15.242.337 so‘m ish haqi va 2.100.000 so‘m ma’naviy zarar undirib berildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский