26.10.2026. O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining sayyor yig‘ilishi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi.
Unda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Abdulla Nugmanov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi raisi Suhrob Rafiqov, tarmoq kasaba uyushmasi hududiy bo‘linmalari raislari va rayosat a’zolari ishtirok etdi.
Tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi A.Nugmanov 2026 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar, nodavlat sektor korxona va tashkilotlarini kasaba uyushmasiga jalb qilish yo‘nalishidagi faoliyati bo‘yicha ma’ruza qildi.
Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 4-yig‘ilishida 2026 yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da qabul qilingan Davlat dasturi ijrosi, tarmoq kasaba uyushmasi hududiy bo‘linmalarida (tanlov asosida) fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari, tarmoq kasaba uyushmasi Andijon viloyati tashkilotlarida jamoa shartnomalari va kelishuvlariga kiritilgan yoshlar uchun qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar ijrosi tahlili bo‘yicha masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi va yo‘nalishlar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” tarmoq respublika tanlovining hududiy bosqichida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan jamoa hududiy bo‘linmalarining raislariga Respublika Kengashining diplomlari hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Samarqand shahridagi Al-Buxoriy majmuasiga ziyorat tashkil etildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский