[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

28.10.2026. O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari faoliyatini takomillashtirish, bu orqali mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoyalash ishlarini yanada kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xuddi shu maqsadlarda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosarlari va mas’ul xodimlar quyi bo‘g‘indagi tashkilotlar, shu jumladan, tarmoq kasaba uyushmasining tuman va shahar kengashlari, boshlang‘ich tashkilotlarda bo‘lib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Amaliy yordamlar ko‘rsatish jarayonida quyi tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, erishilgan natijalar muhokama qilinmoqda, hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olinmoqda.

Xususan, joriy yilning sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 48 ta tuman, 144 ta boshlang‘ich tashkilotlarda jamoa shartnomalari bo‘yicha ishlar holati o‘rganildi, va ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatildi.

O‘rganishlar davomida quyi bo‘g‘inlar faoliyat samaradorligini oshirish, ishchi-xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, jamoa shartnomalarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Masalan, birgina Samarqand viloyatida tarmoq tizimidagi tashkilotlarda tuzilgan jamoa shartnomalarining 30 dan ortiq bandlari bajarilishi holatlari o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida mavjud muammolarni joyida tahlil qilish va ularning yechimlari yuzasidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati