[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

30.10.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston — Yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida So‘x tumanidagi “So‘x” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi turli avlod vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibatni mustahkamlash, katta avlodning boy hayotiy tajribasi va mehnat an’analarini yosh avlodga yetkazish, yoshlarning intellektual salohiyati, jismoniy faolligi hamda jamoaviy hamkorligini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi Jurayeva Gulchexra Muxammadjonovna ham ishtirok etdi.

Tadbir dasturiga muvofiq, uch avlod vakillari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari hamda yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etildi.

Ushbu bellashuvlar ishtirokchilarning bilim va tafakkurini sinash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Taqdirlash marosimi ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otib, ularni kelgusida ham faol bo‘lishga va yangi yutuqlarga erishishga ruhlantirdi.

Mazkur tadbir kasaba uyushmalari tizimida avlodlar davomiyligini ta’minlash, yoshlar va katta avlod vakillari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda “Yangi O‘zbekiston — Yangi kasaba uyushmalari” g‘oyasini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.