[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

03.03.2025. “Buxoro elektr tarmoqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi hamda jamoa shartnomasi muhokamasi o‘tkazildi.

Hisobot-saylovlarning dastlabki yig‘ilishlari korxona sex jamoalarida o‘tkazilib, boshlang‘ich tashkilot konferensiyasiga delegatlar saylandi. Korxona jamoasi nomidan saylangan 50 nafar delegat ishtirok etgan hisobot-saylov konferensiyasi juda qizg‘in va muzokaralarga boy bo‘ldi.

Hisobot-saylov konferensiyasi ishida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Saidmurod To‘xtaev, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Marina Kadirbaeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Xamidjon Beshimov ishtirok etdilar.