[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

03.03.2025. Jomboy tumanidagi “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasida “Kasaba uyushmasiga a’zo tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Unda tarmoq kasaba uyushmalari viloyat kengashlari raislari, yirik boshlang‘ich tashkilotlar raislari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyati kengashi raisi Suhrob Rafiqov O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yillik tarixi, “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmasi”, kechagi kun bilan bugungi kunning qanchalik farqli ekanini faktlar asosida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” qo‘shma korxonasi direktor o‘rinbosari Sherzod Hasanov korxonada amalga oshirilayotgan ishlar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan munosib mehnat sharoitlari xususida to‘xtaldi.

— Bu kabi tadbirlar orqali nafaqat ish beruvchini xabardor qilish, balki ishchi-xodimlar manfaatini himoya qilishga erishyapmiz, — deydi Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Orif Mizomov. — Qolaversa, seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldi, yangi takliflar bildirildi. Kelgusida har bir tarmoq kasaba uyushmasining faoliyatini yoritadigan “Eng yaxshi ijodkor” tanlovini, “Zakovat” intellektual o‘yinini hamda sport musobaqasini tashkil etishga kelishib oldik.

Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Shuningdek, korxonaning bir guruh xodimlariga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostidagi sayyohatlar uchun yo‘llanmalar topshirildi.

Seminar ishtirokchilari “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” qo‘shma korxonasida ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.