08.09.2025. Xatirchi tumanidagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida hisobot-saylov yig‘ilishlarida birinchi marta saylangan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari faollari hamda shahar va tuman Kengashlari raislari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tomonidan «Kasaba uyushmalari tizimida boshlang‘ich tashkilot faollari va Kengash raislari uchun faoliyatni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Ustavi talablari asosida tashkil etish va ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish» mavzusida o‘tkazildi.
Tadbirda Kengash raisi o‘rinbosari Xurshid Xalilov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Anora Bobomurodova hamda viloyat Kengashi apparati xodimlari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan belgilangan mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglandi, tashkiliy va huquqiy asoslar keng yoritildi.