09.09.2025. Joriy yilning 5 sentyabr’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining ijro holati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2025 yilning birinchi yarim yilligida ijro intizomining holati tahlil etildi. Shuningdek, yilning ikkinchi yarim yilligida ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish ishtirokchilariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский