08.10.2025. 7 oktyabr’ kuni “Munosib mehnat – munosib hayot asosidir!” shiori ostida Butunjahon munosib mehnat kuniga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi, boshlang‘ich tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat kengashi raisi o‘rinbosari X. Xalilov munosib mehnatning ahamiyati, ijtimoiy adolat va huquqiy himoya masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Seminar davomida viloyat kengashi bo‘lim mudiri O. Bobomurodov, mehnat texnik inspektori M. Qambarova, kengashning mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi H. Eshonqulov hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis T. Tayloqov kasaba uyushmalarida hisobot-saylov ishlari va tashkiliy faoliyat, mehnat huquqlari va mehnat inspeksiyalarining o‘rni, mehnat xavfsizligi va gigienasi, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy sheriklik, murojaatlar tahlili va fuqarolar bilan ishlash kabi mavzularda ma’ruza qilishdi.