12.12.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyat Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” maqolasidagi strategik yo‘nalishlarni amalga oshirishda kasaba uyushmalarining o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi Prezident Shavkat Mirziyoevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” nomli maqolasida belgilangan strategik vazifalar mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini ochib berish hamda mazkur yo‘nalishlarda kasaba uyushmalarining faol ishtirokiga qaratilgan taklif va mexanizmlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Ma’ruzachilar – O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati birlashmasi qo‘mita raisi Ikromjon Soliev va Namangan davlat pedagogika instituti bo‘limi boshlig‘i, professor Odiljon Topildiev – Prezident maqolasida ilgari surilgan fikr va mulohazalar mintaqadagi har bir inson taqdiriga daxldor ekani, Markaziy Osiyodagi hamkorlikni mustahkamlash siyosiy maqsad emas, balki strategik zarurat ekanligini qayd etishdi.
Davra suhbati qatnashchilari maqolada ilgari surilgan strategik vazifalar ijrosi, mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashishdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский