09.04.2026. Bugun ta’lim va fan sohasi fidoyilarining huquqiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, tizimdagi dolzarb vazifalarni muhokama qilish maqsadida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
2026 yil 8 aprel’ kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda, videoselektor shaklida o‘tkazildi. Bu esa respublikamizning turli hududlaridagi kengash a’zolari va mas’ul xodimlarning muhokamalarda masofadan turib faol ishtirok etishini ta’minladi.
Majlis kun tartibidan jami 10 ta masala o‘rin oldi. Unda asosan Samarqand va Toshkent viloyatlari tuman (shahar) bo‘linma kengashlarida Ustav talablariga rioya qilinishi, moliyaviy intizom va byudjetdan to‘g‘ri foydalanish holati yuzasidan tuzilgan ishchi guruhlarning hisobotlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kasaba uyushmasi byudjetining 2025 yilgi ijrosi yakunlari hamda Toshkent shahri va Namangan viloyati bo‘yicha avval qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan ma’lumotlar eshitildi.
Tahlillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi hamda faoliyatni yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan Ijroiya qo‘mitasining qarorlari qabul qilindi. Mas’ullarga joylardagi vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, tashkilot raislari va buxgalterlari ishtirokida moliyaviy va tashkiliy masalalar bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etish hamda tizim faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский