24.04.2026. 28 aprel’ — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida seminar va ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda 50 dan ortiq tashkilot ishtirok etdi, ulardan 34 ta tashkilot munosib deb topildi.
Toshkentda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha eng yaxshilar aniqlandi.
Tadbirning ko‘zlangan maqsadi: ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioyani kuchaytirish, innovasion yechimlarni taqdim etish, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishni ta’minlash.
Xavfsiz va sog‘lom mehnat muhiti ish unumdorligini oshirish va inson hayotini asrashning muhim omilidir.
Tadbir yakunida yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский