30.04.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi majlislar zalida 28 aprel’ — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari Turdieva Ra’no Eshovna, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh mehnat texnik inspektori Aliev Zafar G‘anievich, shuningdek korxona va tashkilotlar vakillari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashining hududiy mas’ullari, uch tomonlama komissiya a’zolari, yirik ish beruvchilar, mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirok etdilar.
Davra suhbatini Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Axmedov Isak Nabievich olib bordi.
Muhokamalar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
— sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini shakllantirishda mehnat muhofazasining o‘rni;
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori ijrosini ta’minlash;
— ish joyida sanitariya-gigiena talablariga rioya etish;
— ish jarayonida yuzaga keladigan kasb kasalliklari va baxtsiz hodisalar bilan bog‘liq holatlarda nogironlik guruhini belgilash masalalari.
Taqdim etilgan ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va amaliy ahamiyati bilan ajralib turdi.
Davra suhbati yakunida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoaviy nazoratni samarali tashkil etgan tashkilotlar Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari sifatida diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский