[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

01.07.2026. O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi hamda Turkiyaning “Turk Metal” kasaba uyushmasi hamkorligida “Sanoat tarmog‘ida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashda kasaba uyushmalarining roli” mavzusida tajriba almashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xotin-qizlar kengashi raisi Go‘zal To‘xtaeva, “Turk Metal” kasaba uyushmasi Xotin-qizlar byurosi vakillaridan 10 nafar zavod va fabrikalar kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda tarmoqning Toshkent shahri va Toshkent viloyati xotin-qizlar komissiyalari raislari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Tal’at Usmonov ochib berdi.

U o‘z nutqida O‘zbekiston va Turkiya kasaba uyushmalari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini, bunday uchrashuvlar xotin-qizlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat huquqlarini ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ikki mamlakat tajribasi asosida ijtimoiy sheriklik, mehnat muhofazasi va qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirning amaliy qismi Samarqand shahridagi “SamAvto” MChJ qo‘shma korxonasida tashkil etildi. Mehmonlar korxonada xotin-qizlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati hamda jamoa shartnomasi asosida taqdim etilayotgan qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Turkiya delegasiyasi a’zolari O‘zbekistonda ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy sheriklik tizimi, xodimlar, ayniqsa, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, tajriba almashuv ikki mamlakat kasaba uyushmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaganini alohida ta’kidladilar.