22.07.2026. Joriy yilning 22 iyul’ kuni Qarshi shahridagi Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxonasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida «Eng faol yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda mamlakatimizda kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga munosib hissa qo‘shishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov ishtirokchilari ikki shart asosida bellashdilar. Birinchi shartda ular test sinovlarini bajargan bo‘lsalar, ikkinchi shartda badiiy adabiyotlar, o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari ijodi hamda mutolaa madaniyatiga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tadbir davomida kitob mutolaasi yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotini yuksaltirish, intellektual salohiyatini oshirish hamda yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Tanlov yakunida g‘oliblar va barcha ishtirokchilar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский