[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

21.08.2026. Respublikamizda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Shular qatorida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida «O‘zbekgidroenergo» AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan voleybol musobaqasi ham yorqin misol bo‘la oladi.

Do‘stlik va hamjihatlik ramziga aylangan mazkur musobaqani Boshqaruv raisi maslahatchisi Feruza Azimova ochib berib, Boshqaruv raisining tabrik so‘zlarini ishtirokchilarga yetkazdi hamda barchani bayram bilan qutladi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Gender tenglikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i O‘g‘iloy O‘razova mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va yangi imkoniyatlar haqida fikr bildirdi. Shuningdek, barcha jamoalarga omad va yuksak zafarlar tiladi.

Musobaqa davomida guruh bosqichida ishtirok etgan barcha jamoalar ko‘tarinki kayfiyatda bahs olib bordi. Murosasiz va qizg‘in kechgan uchrashuvlardan so‘ng musobaqaning yakuniy — «pley-off» bosqichiga yo‘l olgan jamoalar aniqlandi.

Qizg‘in va shiddatli bahslar natijasida «Farhod GES» filialining «Istiqlol» jamoasi 1-o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida barcha g‘oliblarga Jamiyatning qimmatbaho esdalik sovg‘alari va diplomlari tantanali ravishda topshirildi.