[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

30.09.2026. O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan fermer xo‘jaliklarida kasaba uyushmasi afzalliklarini va jamoa shartnomalari orqali mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tushuntirish maqsadida Respublikamiz hududlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Asaka tumanidagi fermer xo‘jaliklarining hududiy boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston mustaqilligi massividagi «Ming o‘rik aziz» g‘alla-chorvachilik fermer xo‘jaligi (Azizova), «Ko‘jgan oltin dalasi» g‘alla-bog‘ fermer xo‘jaligi, Bo‘zariqdagi «Orifjon yeri bog‘» fermer xo‘jaligi, «Shohruh agro yuksalish» g‘alla-sabzavot fermer xo‘jaligi, «Foziljon orzusi» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida fermer xo‘jaliklarida tuzilgan jamoa shartnomalarining holati, ularning bajarilishi yuzasidan hujjatlar hamda har bir xodim bo‘yicha ijtimoiy xarajatlar ko‘rsatkichini hisoblash metodologiyasi o‘rganildi.

Shuningdek, har bir fermer xo‘jaligi kasaba uyushmasi raisi va faollari bilan birma-bir suhbat o‘tkazilib, jamoa shartnomasining xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati hamda kasaba uyushmasining amaliy imkoniyatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvdan so‘ng «Foziljon orzusi» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Bir qator yo‘nalishlarda mazkur fermer xo‘jaligiga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Bu kabi uchrashuv va amaliy yordam ko‘rsatish tadbirlari respublikamizning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati