13.10.2026. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mehnat huquq inspektori Mirsulton Abbosov O‘zbekiston delegasiyasi tarkibida Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida “IndustriALL Global Union” xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Global transmilliy kompaniyalar qo‘mitasining (GMC) plenar yig‘ilishi hamda “Organizing the Global Factory” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
40 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashgan mazkur tadbirlarda kasaba uyushmalarining tashkiliy salohiyatini yanada oshirish, transmilliy kompaniyalarda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, jamoaviy muzokaralarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Global transmilliy kompaniyalar qo‘mitasining plenar yig‘ilishida 2026–2029-yillarga mo‘ljallangan ish rejasi, global doiradagi kelishuvlar, inson huquqlarini lozim darajada tekshirish (HRDD) mexanizmlari, shuningdek, kasaba uyushmalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlariga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Organizing the Global Factory” xalqaro konferensiyasida esa xodimlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, yoshlar, ayollar va migrantlarni kasaba uyushmalariga jalb etish, yangi tashkilotchilik strategiyalarini ishlab chiqish hamda xalqaro tajribani milliy amaliyotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirlar doirasida “IndustriALL Global Union” Bosh kotibi Atle Hoie va Bosh kotib yordamchisi Kan Matsuzaki bilan fikr almashildi. Kelgusidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Bosh kotib hamda O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi vakili o‘rtasida o‘zaro aloqa ma’lumotlari almashib olindi. Shuningdek, tarmoq kasaba uyushmasi va qator mamlakatlar kasaba uyushmalari vakillari bilan ishchi aloqalar o‘rnatildi.
Xalqaro tadbirlar yakunida kasaba uyushmalarining tashkiliy faoliyatini takomillashtirish, xodimlarning mehnat huquqlarini samarali himoya qilish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim tajriba va amaliy xulosalarga ega bo‘lindi.
Zero o‘rganilgan ilg‘or tajribalarni kimyo va farmasevtika sanoati korxonalarida qo‘llash, xodimlar bilan ishlashning zamonaviy usullarini rivojlantirish hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish tarmoq kasaba uyushmasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский