[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

13.10.2026. O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida joriy yilning 9 oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kasaba uyushmasi tizimida o‘tgan to‘qqiz oy davomida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan vazifalar ijrosi, hududiy kengashlar faoliyati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Xususan, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat huquqlari va kafolatlarini ta’minlash, jamoa shartnomalari ijrosi, mehnat muhofazasi, kasaba uyushmasi a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil etildi.

Shuningdek, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ijro intizomini mustahkamlash va raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish davomida o‘tgan hisobot davrida erishilgan ijobiy natijalar bilan birga alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, xodimlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda yil yakuniga qadar belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi va uning ijrosi bo‘yicha barcha imkoniyatlar safarbar etilishi alohida ta’kidlandi.