14.10.2026. O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimida “Keksalarga hurmat — yoshlarga ibrat” bosh g‘oyasi asosida “Keksalar haftaligi” tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Kengashning hududiy tashkilotchilari, tuman va shahar Kengashlari raislari hamda tarmoq tizimidagi tashkilot xodimlari va oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.
“Keksalar haftaligi” doirasida tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ko‘p yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda pensiyada bo‘lgan otaxon va onaxonlar holidan xabar olindi, nuroniylar hamda “Faxriylar kengashi” a’zolari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida ularga ehtirom va e’tibor ko‘rsatildi, ko‘p yillik mehnat faoliyati, boy hayotiy tajribasi va ibratli faoliyatiga yuksak hurmat bildirildi.
Suhbatlar jarayonida faxriylarning mehnat faoliyati davomida orttirgan tajribalari, soha rivojiga qo‘shgan hissalari, yosh avlodni mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik va fidoyilik ruhida tarbiyalash borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
Mazkur uchrashuvlar yosh avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni mustahkamlash, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat, kattalarga ehtirom va inson qadrini ulug‘lash ruhida tarbiyalash, shuningdek, nuroniylarning ijtimoiy hayotdagi faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский