20.10.2026. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasining 2026-yil may oyidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari yosh tadqiqotchilari va doktorantlari o‘rtasida “Agroinnovatsiya va yoshlar” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq vazirlik tizimidagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi hamda 21 ta ilmiy-tadqiqot institutining yosh tadqiqotchilari hamda doktorantlari o‘rtasida «Agroinnovatsiya va yoshlar» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Unda 35 yoshgacha bo‘lgan 60 nafar yosh doktorant va tadqiqotchi ishtirok etdi.
Ikki bosqich va 2 ta shart bo‘yicha o‘tkazil gan tanlovning birinchi saralash bosqichi yakuniga ko‘ra 20 ta jamoa orasidan eng yuqori ball to‘plagan 3 ta jamoa tanlab olindi.
Birinchi bosqichida oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining faol ishtirok etgan 3 ta jamoasi va 1 nafar ishtirokchi hakamlar hay’ati tomonidan nominatsiyalarga tavsiya etildi.
Tanlovning yakuniy final bosqichi Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazildi.
Final bosqichi yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni 82 ball to‘plagan Toshkent davlat agrar universitetining “Agroislohotchi” jamoasi egalladi.
2-o‘ringa 80 ball to‘plagan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy ilmiy-tadqiqot institutining “Tuproqshunoslar” jamoasi sazovo bo‘ldi,
3-o‘rinni Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining “Bog‘bonlar” jamoasi 76 ball bilan zabt etdilar.
1-o‘rinni egallagan “Agroislohotchi” jamoasi I darajali diplom va xorijiy mamlakatga, tadqiqot va stajirovka uchun yo‘llanma sertifikati bilan, 2-o‘rin sohibi bo‘lgan “Tuproqshunoslar” jamoasi II darajali diplom va Yevropaga tadqiqot va stajirovka uchun yo‘llanma sertifikati bilan, 3-o‘rinni egallagan “Bog‘bonlar” jamoasi III darajali diplom va Osiyo mamlakatlariga tadqiqot va stajirovka uchun yo‘llanma sertifikati bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining “Sholikor” jamoasi “Eng faol i nnovator jamoa”, Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining “Ilm zaminlari” jamoasi “Eng tashabbuskor jamoa”, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining “Agro safe innovators” jamoasi “Eng yaxshi Start-ap loyiha” nominatsiyalarida g‘olib bo‘lib, planshetlarni qo‘lga kiritdilar.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Nukuslik agroinnovatorlar” jamoasi a’zosi Aynura Shamshetova “Eng yaxshi innovator” nominatsiyasida g‘olib bo‘lib, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy- tadqiqot institutining “Tuproqshunoslar” jamoasi a’zosi Nigora Burxonova esa faolligi va kreativligi uchun munosib taqdirlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский