[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

29.10.20206. Xodim va ish beruvchi o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilsa, nizolar kamayadi. Ayniqsa, ishga qabul qilish, shartnomani bekor qilish, ta’til va o‘rindoshlik masalalarida qonunga amal qilish muhim.

Shu mavzuda Federatsiyaning Qashqadaryo viloyati kengashida mehnat huquqlari bo‘yicha maslahat kuni doirasida davra suhbati o‘tdi. Unda Federatsiya raisining o‘rinbosari Qobiljon Qirg‘izaliyev, yuridik bo‘lim mudiri Hamidulla Primqulov, Ravshanbek Samarbekov hamda viloyatdagi tarmoq va boshlang‘ich tashkilotlar raislari qatnashdi.

Mutaxassislar mehnatni muhofaza qilish, qonunchilikdagi yangiliklar va amaliyotda uchraydigan muammolar bo‘yicha tushuntirish berishdi. Ishtirokchilar ishga qabul qilish, shartnomani bekor qilish, o‘rindoshlik, ta’tillar va pedagoglarning sertifikatlari haqidagi savollariga batafsil javob olishdi.