[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

02.11.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Namangan viloyatiga «Ayollar daftari» yo‘nalishi bo‘yicha biriktirilgan ishchi guruhi rahbari Qobiljon Qirg‘izaliyev viloyatda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, joriy yilda «Ayollar daftari»ga kiritilgan 82 ming 2 nafar ehtiyojmand xotin-qizning 79 ming 523 nafarining muammolari o‘rganilib, hal etildi. Jumladan, 29 ming 646 nafar ishsiz ayolning bandligi ta’minlandi, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 1 ming 926 nafar xotin-qizga kredit olishda ko‘maklashildi.

Shuningdek, 28 ming 428 nafar ayolga tibbiy va psixologik, 18 ming 826 nafariga huquqiy yordam ko‘rsatildi. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.