11.11.2026. Poytaxtimizdagi «Çinobod plaza» sanatoriysidagi Majlislar zalida 11 noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan kasaba uyuşmalari tizimida ötkazilgan turli ijtimoiy loyihalar va tanlovlar ğoliblarini taqdirlaş tadbiri bölib ötdi.
Unda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi, uning hududiy kengaşlari, tarmoq kasaba uyuşmalari Respublika kengaşlari, tasarrufdagi taşkilotlar mutasaddilari, respublikamiz hududlaridan taşrif buyurgan kasaba uyuşma faollari, Federatsiya tomonidan ötkazilgan qator tanlovlar ğoliblari iştirok etdilar.
Tadbir avvalida Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisi iştirokçilarni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbuslari bilan mamlakatimizda keng nişonlab kelinayotgan 11 noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni bilan qutlab, bugun xalqimizning öz kuçi, imkoniyati, tarixi va buyuk kelajagiga bölgan işonçi, qolaversa, inson qadrini uluğlaş yölidagi xalqparvar siyosatni butun dunyo körib va tan olib turganini alohida taʼkidladi.
Ayni vaqtda mamlakatimizda Prezidentimiz taşabbuslari bilan amalga oşirilayotgan ezgu islohotlar zamirida odamlarning hayotidan rozi bölib yaşaşi uçun munosib şaroit yaratiş maqsadi mujassam ekanligini, bu ezgu niyat, ayniqsa, mehnat sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarda yaqqol namoyon bölayotganini qayd etdi. Zero, inson qadrini uluğlaş, uning mehnat huquqlarini işonçli himoya qiliş, munosib mehnat şaroitlarini yaratiş va daromad topişiga kömaklaşiş – Yangi Özbekiston islohotlarining eng muhim yönalişlaridan biri ekanligiga alohida urğu berdi.
Bugungi kunda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi 8 milliondan ortiq aʼzoni öz saflarida birlaştirgan. Bu katta imkoniyat bölişi bilan birga soha mutasaddilari zimmasiga ulkan masʼuliyat ham yuklaydi.
Tantanali tadbirda taʼkidlanganidek, muhtaram Prezidentimiz ötgan yili 17 oktyabr kuni Özbekiston kasaba uyuşmalari faollari va faxriylari bilan bölib ötgan uçraşuvda «Kuçli kasaba uyuşmalari – kuçli jamiyat asosidir!» degan fikrni bildirgan edilar. Şu maʼnoda, kuçli kasaba uyuşmalari avvalo eng quyi böğindan – har bir hududiy va tarmoq kengaşidan, har bir boşlanğiç kasaba uyuşmasi taşkilotidan boşlanadi. Çunki boşlanğiç taşkilot – butun kasaba uyuşmalari harakatining eng muhim tayançi hisoblanadi. U bevosita mehnat jamoasi bilan birga yaşaydi, xodimning dardini eşitadi, muammosini biladi, ehtiyojini his etadi.
Davlatimiz rahbari qayd etganlaridek, mamlakatimizda kasaba uyuşmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritişi uçun barça şaroitlar yaratilgan. Bundan samarali foydalangan holda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarda yurtimizdagi eng yirik jamoat taşkiloti bölgan kasaba uyuşmalari ham faol iştirok etmoqdalar. Xususan, bugun Yangi Özbekistonning Yangi kasaba uyuşmalari ijtimoiy şeriklik va ijtimoiy muloqot tamoyillari asosida mehnat ahlining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoyalaş bilan birga, aholi turmuş farovonligini oşiriş, bandlikni taʼminlaş, munosib mehnat şaroitlarini yaratiş yönalişlarida ham tizimli işlarni amalga oşirmoqda. Sirasini aytganda, yurtimizdagi yangilanış va özgarişlarda Yangi Özbekistonning Yangi kasaba uyuşmalari ham faol iştirok etib, islohotlarni qöllab-quvvatlagan holda turli soha xodimlari manfaatlarini himoyalab kelmoqda. Bunga oxirgi 10 yil davomida davlat, kasaba uyuşmalari va iş beruvçilar örtasida tripartizm şaklidagi ijtimoiy şeriklikning yuqori bosqiçga kötarilgani ham yorqin dalildir.
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan joriy yilning ötgan 10 oyi mobaynida 3 mingga yaqin xodimning mehnat huquqi himoya qilindi. Ular foydasiga qariyb 9 mlrd söm miqdorida mablağ undirib berildi. 1 ming 70 nafar xodim öz iş joyiga qayta tiklandi. Mehnat muhofazasi böyiça 3 mingdan ortiq kamçiliklar bartaraf etildi. Şu bilan birga, mingga yaqin jamoatçilik nazorati hamda 10 ta vazirlikda genderga oid audit tadbirlari ötkazildi. Kasaba uyuşmalari tizimidagi sanatoriylarda 60 ming nafar xodim va ularning oila aʼzolari imtiyozli soğlomlaştirildi. 105 nafar uruş va mehnat fronti faxriysining salomatligi tiklandi. 331 ming nafardan ziyod bola statsionar va kunduzgi oromgohlarda dam oldirildi. Bundan taşqari, 303 ming 702 nafar xodim va ularning oila aʼzolari, 5 mingga yaqin keksa avlod vakilining respublikamizdagi diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlari taşkil etildi.
Ayniqsa, «Ayollar daftari» bilan işlaş doirasida ötgan davrda mutasaddi vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda 1 mln 26 ming 122 nafar xotin-qiz bilan muloqot ötkazilib, ularning hayotiy muammolari, dard-u taşvişlari va ehtiyojlari örganildi. Eng muhimi, uşbu örganişlar natijasida 1 mln 25 mingdan ziyod xotin-qizlarning muammolarini ijobiy hal etişga erişildi. Bunda kasaba uyuşmalari davlatimiz tomonidan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarning faol iştirokçisi, davlat idoralari bilan aholi örtasidagi işonçli hamkor sifatida namoyon böldi.
Bugun Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tizimida 32 ta sanatoriy, 84 ta bolalar soğlomlaştiriş oromgohi, 4 ta ixtisoslaştirilgan bolalar va ösmirlar sport maktabi faoliyat yuritmoqda. Uşbu obyektlar insonlarga naf keltiriş va inson manfaatlarini amalda taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Yana bir eʼtiborli jihati: bugun kasaba uyuşmalarining faoliyati faqat mamlakatimiz doirasi bilan çeklanib qolmayapti. Xorijiy davlatlardagi turdoş taşkilotlar va xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu, heç şubhasiz, muhtaram Prezidentimizning ochiq va pragmatik taşqi siyosati natijasidir.
Tantanali tadbirda mehnat sohasidagi islohotlarga alohida urğu berildi. Xususan, mamlakatimizda majburiy mehnatga barham beriş, paxtaçilikda yillar davomida ildiz otgan eski tizimni tubdan özgartiriş borasida muhtaram Yurtboşimiz taşabbusi va siyosiy irodasi bilan amalga oşirilgan islohotlar alohida taʼkidlandi. Şuningdek, kasaba uyuşmalari tizimida iş samaradorligini oşiriş, bu jarayonda har bir rahbarning masʼuliyatini yanada kuçaytiriş, bu orqali mehnatkaşlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlari himoyasini kuçaytiriş masalalariga alohida töxtalib ötildi. Buning uçun quyi böğin yetakçilarining bilim va malakasini oşiriş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularga zarur şaroitlarni yaratiş işlarini yanada kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.
Taʼkidlaş zarurki, sönggi yillarda Federatsiya tomonidan yakunlanayotgan yilning sarhisobi sifatida özining munosib mehnatlari bilan Vatanimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga, şuningdek, kasaba uyuşmalari harakati rivojiga munosib hissa qöşgan eng faol, fidoyi va taşabbuskor insonlar mehnatini eʼtirof etiş anʼanaga aylangan. Özbekiston kasaba uyuşmalari kuniga bağişlab ötkazilgan tantanali tadbirda Vatanimiz ravnaqi yölida bor imkoniyatlarini işga solib, fidokorona mehnat qilayotgan insonlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularni munosib rağbatlantiriş, köp yillik ilğor iş tajribasiga ega bölgan insonlarni eʼzozlaş maqsadida Federatsiya tomonidan amalga oşirilgan turli ijtimoiy loyihalar va körik-tanlovlar ğoliblari taqdirlandi.
Xususan, köp yillik samarali mehnati, erişgan alohida yutuqlari bilan soğliqni saqlaş, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantiriş, şuningdek, kasaba uyuşmalarining nufuzini yuksaltirişga munosib hissa qöşib kelayotgan yurtdoşlarimizni qöllab-quvvatlaş, rağbatlantiriş maqsadida taʼsis etilgan «Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi laureati» mukofotining 2026 yilgi sovrindorlariga uşbu mukofot – kökrak nişoni, pul mukofoti va guvohnoma tantanali ravişda topşirildi. Jumladan, Federatsiya Ijroiya qömitasi qaroriga muvofiq milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz ravnaqiga qöşgan ulkan hissasi hamda tavalludining 100 yilligi munosabati bilan atoqli özbek adibi, jamoat arbobi, Özbekiston xalq yozuvçisi, öz xalqining jonkuyar va vatanparvar farzandi, marhum Odil Yoqubov va yana 4 nafar yurtdoşimiz «Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi laureati» mukofoti bilan taqdirlandi.
Şundan söng Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmuş farovonligini yanada oşiriş yönalişlaridagi işlarda faol iştirok etayotgan, mehnatkaşlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilişga va kasaba uyuşmalari faoliyati rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan bir guruh yurtdoşlarimiz Federatsiyaning «Ehtirom» nişoni bilan taqdirlandi. Sovrindorlarga «Ehtirom» nişoni, pul mukofoti va guvohnomalar topşirildi. Söngra navbatdagi taqdirlanuvçiga Federatsiyaning «Faxriy yorliği» topşirildi.
Navbatdagi mukofotlar kasaba uyuşmalari tizimidagi sanatoriylarning ilğor va faol xodimlariga, yaʼni «Eng yaxşi sanatoriy», «Eng yaxşi şifokor», «Eng yaxşi hamşira», «Eng yaxşi supervayzer», «Eng yaxşi boş oşpaz», «Eng yaxşi madaniyat tarğibotçisi» nominatsiyalarida ğolib bölganlarga topşirildi. Ular diplom va esdalik soğalari bilan taqdirlandilar.
Maʼlumki, Federatsiyaning Davolaş profilaktika markazi har yili minglab mehnatkaşlarning salomatligini mustahkamlaşga munosib hissa qöşib kelmoqda. Bunda uşbu muassasada faoliyat körsatayotgan tibbiyot xodimlarining örni beqiyos. Şu bois tadbirda mazkur muassasada «Eng yaxşi şifokor» va «Eng yaxşi hamşira» deb topilgan tibbiyot xodimlari ham munosib taqdirlandi.
Federatsiya tomonidan har yili qator qurilış obyektlari – sanatoriylar, bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari, suziş havzalari qurilib, foydalanişga topşirilmoqda. Bunday bunyodkorlik işlarida, albatta, quruvçilarning hissalari katta. Navbatdagi mukofotlar «Eng yaxşi texnik nazoratçi», «Eng yaxşi muhandis», «Eng yaxşi loyihaçi», «Yaşil makon fidoyisi», «Eng yaxşi quruvçi», «Eng yaxşi qurilış taşkiloti rahbari», «Eng namunali qurilış xodimi», «Eng yaxşi dizayner» nominatsiyalari ğoliblariga topşirildi.
Şundan söng Federatsiyaning «Yakkasaroy sport-soğlomlaştiriş majmuasi»ga qarashli sport maktablarining 2026 yil davomida xalqaro nufuzli musobaqalarda yuqori natijalar va sovrinli örinlarni qölga kiritgan sportçi va murabbiylari «Eng yaxşi murabbiy» va «Eng yaxşi sportçi» nominatsiyalarida munosib taqdirlandi.
Navbatdagi mukofotlar «Mehnat muhofazasi va xavfsizligi böyiça jamoatçilik nazoratini taşkil etiş» yuzasidan ötkazilgan respublika körik-tanlovi hamda «Ekologik faol kasaba uyuşmasi jamoasi» va «Mehnat huquqi bilimdoni» respublika tanlovlari ğoliblariga topşirildi.
Bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari örtasida ötkazilgan tanlov natijalariga köra «Eng yaxşi oromgoh», «Eng yaxşi katta tarbiyaçi», «Eng yaxşi tarbiyaçi», «Eng yaxşi yetakçi», «Eng yaxşi tögarak rahbari» munosib taqdirlandi. Şuningdek, «Eng yaxşi öqituvçi», «Eng yaxşi jurnalist», «Kasaba uyuşmasining eng faol xodimi» nominatsiyalarida ğolib bölganlar ham munosib rağbatlantirildi.
«Kasaba işonçi» onlayn tanlovi ğoliblari «Eng faol ayol raisa», «Eng namunali tuman (şahar) kengaşi», «Eng namunali boşlanğiç kasaba uyuşmasi», «Kasaba uyuşmasining eng faol tarğibotçisi», «Eng namunali sanatoriy», «Eng namunali hududiy kengaş», «Eng namunali Respublika kengaşi», «Kasaba uyuşma fidoyisi» nominatsiyalarida mukofotlandilar.
Barça körik-tanlovlar va nominatsiyalar ğoliblariga Federatsiyaning diplomi va soğalari topşirildi.
Bayram tadbiri yakunida kasaba uyuşma faollari, tanlov va nominatsiyalar ğoliblari ham öz fikr-mulohazalari va takliflari bilan örtoqlaşdilar.
Muhabbat Örmonbekova
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский