23.05.2026. Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan navbatdagi Rayosat soati bo‘lib o‘tdi.
Unda markaziy apparat xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotchilar, shuningdek, Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasi rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning “Xalq so‘zi”, «Yangi O‘zbekiston» va «Ishonch» gazetalarida chop etilgan «Millat shavkati» maqolasi yuzasidan fikr almashildi.
Maqolada Davlat rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadri, xalq farovonligi va yurt taraqqiyotiga qaratilgan ezgu g‘oyalar yuksak ruhda ifoda etilgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, maqolada aks etgan milliy g‘urur, Vatanga sadoqat, xalq birligi va ma’naviy yuksalish g‘oyalari bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim ma’naviy tayanchi ekani qayd etildi.
Tadbirda yurt taraqqiyoti va xalq manfaatlari yo‘lida har bir xodimning mas’uliyati, tashabbuskorligi va fidoyiligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский