03.09.2026. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nukus xalqaro aeroportida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Mustaqillik — xalqimiz hayotidagi eng buyuk tarixiy voqea, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mehnatkashlar uchun yaratilayotgan munosib sharoitlarning barchasi inson qadrini ulug‘lashga qaratilganligi bilan yanada ahamiyatlidir.
Qutlug‘ ayyom munosabati bilan aeroport jamoasining fidoyi xodimlaridan bir guruhi «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlandi.
Shuningdek, Rita Utegenova, Baxtiyor Kidryachev, Alisher Xudaybergenov, Shavkat Yusupov «Uzbekistan Airports» MChJning «Faxriy yorlig‘i»ga sazovor bo‘ldilar.
– Bunday e’tirof, avvalo, inson mehnatiga bo‘lgan yuksak hurmat ifodasidir, – deydi «Nukus xalqaro aeroporti» AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi Hamdulla Omirbaev.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский