[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

10.09.2026. Yosh avlod qalbida milliy tariximizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashiga a’zo tashkilotlar xodimlari va ularning farzandlari uchun muzeyga ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Mazkur tashrif yoshlar uchun tarix bilan yuzma-yuz uchrashish, ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosni yaqindan his etish va o‘tmish saboqlaridan ibrat olish imkonini berdi.

Sayohat davomida yoshlar muzey ekspozisiyalaridan o‘rin olgan noyob eksponatlar, qadimiy ashyolar, tarixiy hujjatlar, milliy hunarmandchilik namunalari hamda san’at asarlari bilan yaqindan tanishdilar. Har bir eksponat ortida xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, urf-odat va an’analari, ajdodlarimizning hayot tarzi hamda bunyodkorlik salohiyati mujassam ekanligi yoshlar uchun alohida qiziqish uyg‘otdi.

Ayniqsa, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob madaniy va tarixiy boyliklar yoshlar qalbida katta taassurot qoldirdi. Ular o‘zbek xalqining ko‘p asrlik bebaho merosi, milliy qadriyatlari va ma’naviy boyliklari bilan yaqindan tanishar ekan, Vatan tarixiga daxldorlik va milliy iftixor tuyg‘ularini yanada chuqurroq his etdilar.

Muzeydagi har bir eksponat go‘yo o‘tmishdan so‘zlovchi tirik bir sahifa kabi yoshlarni tarix qa’riga chorlab, ularga ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat, san’at va hunarmandchilik sohalaridagi ulkan yutuqlari haqida qimmatli ma’lumotlar berdi. Bu esa yoshlarning tarixiy tafakkurini boyitish bilan birga, ularni milliy merosni asrab-avaylashga undadi.

Bunday ma’rifiy tashriflar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, o‘z tarixini chuqur anglagan, ajdodlari merosini qadrlagan va undan ilhom olgan yoshlar — yurt kelajagini bunyod etadigan avloddir.

Muzeyga uyushtirilgan ushbu sayohat yoshlar uchun shunchaki maroqli hordiq emas, balki katta tarbiyaviy va ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan unutilmas tadbir bo‘ldi. Tashrif davomida olingan bilimlar, tarixiy saboqlar va yorqin taassurotlar yoshlarning qalbida uzoq vaqt saqlanib qolishi, ularni o‘z tarixini yanada chuqurroq o‘rganishga va milliy merosimizga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishga undashi shubhasiz.

Malika Tolipova

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent shahar Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi