[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

24.09.2026. O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi vazirlik va idoralar, korxona, tashkilot va muassasalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari ishtirokida har oyda sayyor amaliy seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi amaliy seminar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankida tashkil etildi.

Seminar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankida ishchi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi. Xususan, seminar ishtirokchilari mehnat sharoitlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Seminar doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi “Kasaba sayr” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori To‘lqin Xidirov ishchi-xizmatchilarni yurtimizning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, kasaba uyushmalari tomonidan turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari, xotin-qizlar, mehnat faxriylari uchun imtiyozli sayohatlar uyushtirilayotgani, bu orqali Respublikamizda ichki turizmni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh.Ochilovning “Ish beruvchi va kasaba uyushmasining ijtimoiy sheriklik asosidagi faoliyati”, “Xotin-qizlar” boshlang‘ich tashkiloti raisi O.Sharipovaning “Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar” to‘g‘risidagi ma’ruzalari tinglandi. Bundan tashqari, “Agrobank” ATB boshqaruv raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Ismatov “Agrobank” Yoshlar yetakchilari kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Seminar yakunida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankida kasaba uyushmasi a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash, mehnatini muhofaza qilish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or ish tajribalarini tizimli ravishda joriy etish va ommalashtirish, bu boradagi faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.