[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

08.05.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy konsert dausturi tashkil etildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyi qoshidagi “Qaldirg‘och” bolalar studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan mazkur teatrlashtirilgan konsert dasturida mash’um urush yillarida jasorat ko‘rsatgan ota-bobolarimiz va onalarimizning matonati sahnada jonlandi.

Kasaba uyushmalari saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu tantanali tadbirda faollar, faxriylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida ko‘rgazma ham tashkil etildi. Unda saroy qqoshidagi to‘garaklarda shug‘ullunib kelayotgan yosh ijodkorlar qalamiga mansub rasmlar, qo‘l mehnati numunalari namoyish etildi. Tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi ijodiy ishlar ko‘rgazmaning eng ta’sirli qismiga aylandi. Bolajonlar asarlarida musaffo osmon, baxtli bolalik, yurt tinchligi va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat ifoda etilgan.

Konsert dasturi davomida sahnada xalqimizga xos bag‘rikenglik, insonparvarlik, vatanparvarlik jasorati bolajonlar tomonidan mohirlik bilan ijro etildi. Har bir musiqiy chiqish, sahnaviy kompozisiya va videolavha tomoshabinlarga juda manzur bo‘ldi. Ayniqsa, Zulfiya Zokirova xotirasiga bag‘ishlab sahnalashtirilgan kompozisiya barchaga birdek katta taassurot qoldirdi.

Bolajonlarning har bir chiqishi mazunli va ta’sirchan bo‘lishiga alohida e’tibor qaratildi. Konsert dasturi juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lganini ham alohida ta’kidlash zarur. Chunki, bunday sahna asarlari yoshlarni bugungi tinch va osoyishta, farovon hayotga shukronalik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shadi.

Tadbir “O‘zbekiston – ona diyorim” qo‘shig‘i bilan yakunlandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati