23.07.2026. Joriy yilning 23 iyul’ kuni Navoiy viloyatida mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnat huquqlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida muhim qadam tashlandi. “BILLUR AVTO SAVDO NAVOIY” va “BILLUR MOTORS NAVOIY” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari rasman tuzilib, 150 nafardan ortiq xodim kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi.
Mazkur voqea mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Kasaba uyushmasi tashkilotlarining faoliyat boshlashi mehnat jamoasida o‘zaro ishonch, ochiq muloqot va hamjihatlik muhitini mustahkamlash bilan birga, har bir xodimning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishning samarali institusional mexanizmini yaratadi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Mehnat kodeksi hamda «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiq kasaba uyushmalarining asosiy vazifalari, xodimlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar va ijtimoiy sheriklikning ahamiyati atroflicha tushuntirildi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan mehnat jamoasi vakillari kasaba uyushmasi faoliyati korxonada ochiqlik, adolat va o‘zaro mas’uliyat muhitini yanada kuchaytirishi, xodimlar manfaatlarini ishonchli himoya qilish bilan birga, korxona taraqqiyotiga ham xizmat qilishini ta’kidladilar.
Shuningdek, yangi tashkil etilgan boshlang‘ich kasaba uyushmalari yaqin vaqt ichida jamoa shartnomalarini ishlab chiqish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni boshlaydi.
Bugungi kunda zamonaviy korxonalarning barqaror rivojlanishi nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar, balki inson kapitaliga bo‘lgan e’tibor bilan ham baholanmoqda. Shu nuqtai nazardan, mazkur korxonalarda kasaba uyushmasi tashkilotlarining tuzilgani mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash hamda munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi tomonidan xususiy sektorda ham kasaba uyushmalari harakatini kengaytirish, ish beruvchilar bilan konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish hamda munosib mehnat tamoyillarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Kasaba uyushmasi — xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi ishonchli ijtimoiy sherik, barqaror mehnat munosabatlari va korxona taraqqiyotining muhim kafolatidir.
Maxbuba Kambarova
O‘KUFning Navoiy viloyat Kengashi mehnat texnik inspektori
Alisher Baxronov
O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Navoiy viloyatidagi mas’ul xodimi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский