16.10.2026. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonunining 5-ilovasida Respublika byudjetidan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga 400,0 mlrd. (toʻrt yuz milliard) soʻm ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-maydagi
F-31-son farmoyishi ilovasining 15-bandiga muvofiq Federatsiya tasarrufidagi Bolalarni sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq xarajatlar uchun qoʻshimcha 178,0 (bir yuz yetmish sakkiz) mlrd. soʻm ajratilishi nazarda tutilgan.
Mazkur mablagʻlar hisobidan 2026-yil 1-oktabr holatiga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga 200,0 mlrd. (ikki yuz milliard) soʻm oʻtkazilgan boʻlib, ushbu mablagʻlar Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi Chortoq, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Omonxona sanatoriylarida qurilish-taʼmirlash va Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida hamda Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida yangi zamonaviy yopiq turdagi suzish havzalarini qurish ishlariga yoʻnaltirilgan.
Shuningdek, Bolalarni sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga 200,0 (ikki yuz milliard) mlrd. soʻm oʻtkazilgan va mazkur mablagʻlar hisobidan quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan, jumladan:
Oromgohlarni mavsumga tayyorlash uchun taʼmirlash ishlariga 10,0 mlrd. soʻm;
Kambagʻal oilalarning “aʼlo” baholarga oʻqigan farzandlarini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam oldirish va sogʻlomlashtirish ishlarini tashkil etish uchun 80,0 mlrd. soʻm;
Oromgohlarga moddiy-texnik vositalarini xaridi uchun 50,0 mlrd. soʻm;
yangi oromgohlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga 50,0 mlrd. soʻm;
Bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish Departamenti va uning hududiy boshqarmalarini saqlash hamda xoʻjalik xarajatlariga 10,0 mlrd. soʻm sarflandi.
Rivojlantirish dasturlari va byudjet xarajatlarini maqsadli indikatorlarining 2026-yil 3-chorak ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti ilova qilinadi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский